Kimlardan pensiya yoshiga yetganida ortiqcha hujjat talab etilmaydi?

Jamiyat

image

2015 yilda sinov tariqasida arxiv idoralaridan ma’lumot olishidagi muammolarga chek qo‘yish, tabiiy ofat va boshqa holatlar natijasida hujjatlar yo‘qolishi holatlarining oldini olish maqsadida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda fuqarolar ish haqlarining individual hisobini yuritish tizimini joriy qilgan edi. Bu tizim 2016 yildan boshlab mamlakat miqyosida amal qila boshladi.

Endilikda ish haqi to‘g‘risida arxiv ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda ish haqi miqdorini 2005 yildan keyingi davr uchun jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga to‘langan badallar asosida olish imkoniyati yaratildi. Yangi tartibga ko‘ra, 2005 yildan keyingi davrda ish faoliyatini boshlagan fuqarolar pensiya yoshiga yetganida ulardan hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Shuningdek, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali to‘lanadigan nafaqalarni davlat xizmatlari markazlari orqali tayinlash bo‘yicha me’yoriy hujjat ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Ushbu tizimni samarali yo‘lga qo‘yish uchun barcha manfaatdor vazirlik va idoralarda axborot tizimi talabga javob berishi shart. Hozirda FHDYO bilan axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilganligi sababli, bola tug‘ilganida suyunchi va dafn marosimi uchun nafaqalarni davlat xizmatlari markazlari orqali tayinlash bo‘yicha barcha texnik va texnologik imkoniyatlar mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Pensiya

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar