Kimlarda saraton kasalligiga chalinish xavfi yuqori?!

Salomatlik

image
0:00
0:00
download

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, saraton  bilan kasallanish yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Dunyoda bir millionga yaqin saraton kasalligi mavjud.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi onkologi ma’lumotlariga ko‘ra , saraton yoshi 65 yoshdan oshganlarda, chekuvchilarda, semizlikda va odam papillomavirusi bilan kasallanganlarda ko‘proq kuzatiladi.

“65 yoshdan oshgan odamlarda saraton kasalligi xavfi sezilarli darajada oshib boradi. Odam pappiloma virusiga chalingan ayollar va erkaklarda ham saraton rivojlanish ehtimoli juda katta. Chekish va semirish ham saratoning asosiy sabablaridan biridir. Ushbu kasallikka chalinish ehtimoli va o‘lim ko‘rsatkichlari ayollarga nisbatan erkaklarda yuqoriroq xavfga ega”, deydi Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh onkologi Andrey Kaprin.

Boshqa xavfli o‘smalar kabi saraton ham, odatda, o‘zi o‘rnashgan joydagi to‘qimani yemirishi, retsidiv, metastaz berish va organizimning ummumiy holatiga ta’sir ko‘rsatishi, kaxeksiya (qoq suyak bo‘lib ozib ketish) bilan xavfsiz o‘smalardan farq qiladi.

Bugungi kunga kelib kasallikning 10 ta turi ko‘p uchraydi. Shulardan 8 tasi odam a’zolarini, 2 tasi qon va limfa  a’zolar tizimini shikastlaydi.

Ko‘krak bezi saratoni , buyrak saratoni, to‘g‘ri ichak o‘simtasi, limfoma, o‘pka sartoni , prostate bezi o‘simtasi, qalqonsimon bez o‘smasi, leykoz-oq qon va siydik pufagi o‘simtasi shuningdek teri saratoni kasallikning eng keng tarqalgan ko‘rinishlari  hisoblanadi.

Erkaklarda ko‘proq me’da, bronxlar, teri, pastki lab, og‘iz bo‘shlig‘I, halqum, o‘pka va tanosil a’zolari saratoni uchraydi. Ayollarda esa bachadon, ovqat hazm qilish a’zolari, sut bezlari va teri saratoni kuzartiladi.

Teri saratoni, odatda, keksalarda (50-70 yoshli erkak va ayollarda ) kuzatilib, ko‘pincha yuzda  burun qanotlarida, qovoq, og‘iz burchaklarida, ba’zan, terining kuygan va jarohatlangan joyida va ayrim tug‘ma, turli jarohatlar o‘rnida paydo bo‘lish holatlari kuzatiladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining aniqlashicha, saraton alohida viruslar faoliyati, shuningdek, turli fizik, kimyoviy va biologik omillar, kanserogin moddalar, radioaktiv nurlar ta’sirida vujudga kelishi ham mumkin.

Saraton boshlanyotganda, u tananing qaysi qismida rivojlanishidan qa’tiy nazar, qattiq og‘riq bermaydi.

Shu sababli, bemor shifokorga ko‘p hollarda kech murojaat qiladi, natijada kasallik bir qancha rivojlanish bosqichidan o‘tgan bo‘ladi.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

476

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing