Kimyogar olim akademik Nusrat Parpiyev vafot etdi
Jamiyat
−
24 iyul 2021
8144Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, “Kompleks birikmalar kimyosi” ilmiy maktabi asoschisi, Xalqaro oliy maktab akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Milliy universiteti professori, kimyo fanlari doktori Nusrat Ag‘zamovich Parpiyev 90 yoshida vafot etdi.
Kimyogar olim Nusrat Parpiyev 1931 yilda Toshkentda tavallud topgan. U O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1953). Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutida laboratoriya mudiri (1964—76), direktor muovini (1965 — 76), O‘rta Osiyo neftni qayta ishlash sanoati ilmiy tadqiqot instituti direktori (1976—77) bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, olim bir qator ilm dargohlarida rahbar bo‘lib ishlagan: Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti rektori (1977—89), Toshkent Davlat universitetida prorektor (1992—94), kafedra mudiri (1989 —94), Toshkent Kimyo-texnologiya instituti rektori (1994—2001), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi kimyo-texnologiya bo‘limi raisi (1994-2000), 2002 yildan O‘zMU anorganik kimyo kafedrasi mudiri.
Olimning asosiy ilmiy ishlari koordinatsion birikmalar kimyosiga oid. Nusrat Parpiyev rahbarligida rangli va nodir metallarning tarkibida azot, kislorod va oltingu-gurt bo‘lgan organik moddalar bilan kompleks birikmalar hosil qilishining ilmiy asoslari o‘rganilgan, metallar va ularning birikmalarini o‘ta sof holda ajratib olish usullari, molibden, reniy, volfram va simobni aniqlash hamda sof molibden olishning termik usuli ishlab chiqilgan. Gidrazonlar, gidroksam kislotalari hosilalari asosida 200 dan ortik, yangi koordinatsion birikmalar sintez qilingan. Ilk bor palladiy va kobalt birikmalarining shishga karshi faol ta’sir etishi aniklangan.
Nusrat Parpiyev 1995 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, 1976 kimyo fanlari doktori, 1981 professor bo‘lgan.
LiveBarchasi