Kimdir emlanishni rad etsa, hech kim uni oyoq-qo‘lini bog‘lab, vaksina qilmaydi — Ruslanbek Davletov

Jamiyat

image

Koronavirusga qarshi vaksinani olishdan bosh tortgan fuqarolar ishga qabul qilinmaydi. Bu haqda bugun, 31 iyul kuni Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ma’lum qildi. 

“Kimdir vaksina olishni rad etadigan bo‘lsa, hech kim uni oyoq-qo‘lini bog‘lab, vaksina qilmaydi. Qonunchilikda majburiy shifoxonaga olib kelib davolatish faqat alkogol, giyohvandlik, sil bilan kasallangan holatlardagina kuzatilishi ko‘rsatilgan. Koronavirusga qarshi vaksinani olishdan bosh tortgan fuqarolar 113-moddaga muvofiq ishga qabul qilinmaydi. Davlat koronavirusga qarshi hech kimni orqasidan yugurib, uyiga militsiya yuborib virusga qarshi vaksina olishga majburlamaydi”, deydi Adliya vaziri.

Ijtimoiy tarmoqlarda kadrlar vaksina olmagani uchun ishdan haydalayotgani haqida ba’zi xabarlar tarqalmoqda. Ruslanbek Davletovning ta’kidlashicha, Mehnat kodeksining 100-moddasiga muvofiq bu narsa xodimni ishdan haydashga asos bo‘la olmaydi. Rahbar faqat vaksina olmagan xodimni vaqtinchaga ishdan chetlashtirishi mumkin. Bu vaqtda xodimga oylik to‘lanmaydi. 

“Majburiy emlash – bu inson huquqlarini cheklash emas.Hech qachon 100 foiz aholi ilm-fanning yutug‘ini to‘g‘ri qabul qilmaydi. Davlat o‘zining siyosatini yurityapti, ilmni yutug‘ini inobatga olyapti”, deydi Ruslanbek Davletov.

Avvalroq, O‘zbekistonda ayrim toifalarning emlanishini majburiyish qilishni ko‘zda tutuvchi qonun Senat tomonidan ma’qullangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing