Kim Ukrainada halok bo‘lgan askarlari sharafiga muzey ochdi (fotoreportaj)
Olam
−
27 aprel 4777 2 daqiqa
Kecha, 27 aprel kuni Pxenyanda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari Kim Chen In ishtirokida Ukraina hududidagi janglarda halok bo‘lgan askarlar xotirasi uchun muzey ochildi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
.jpg)
Qayd etilishicha, memorial majmuaning ochilish marosimida Kim Chen Inning shaxsan o‘zi hamda Rossiyaning bir necha yuqori lavozimli amaldorlari, jumladan, Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin, Mudofaa vaziri Andrey Belousovlar ishtirok etgan.
Memorial muzeyning ochilish marosimi ikki davlatning Kursk chegara hududini “Ukraina bosqinidan halos etish operatsiyasi” yakunlanganining bir yilligi munosabati bilan tashkil etilgan.
.jpg)
Marosimda Kim Chen In ochilish nutqini so‘zlab, bir askarning dafn marosimida ishtirok etgan. Kim askasrning qabri ustiga ramziy tarzda tuproq sepgan va boshqa askarlarning ommaviy qabriga gul qo‘ygan.
.jpg)
U o‘z nutqida urushda halok bo‘lgan Shimoliy Koreya askarlari Koreya xalqining qahramonlik ramzi bo‘lib qolishini aytgan. Shuningdek, Kim Rossiya delegatsiyasiga qarata KXDR bundan keyin ham Rossiyaning Ukraina hududida amalga oshirayotgan xarbiy operatsiyalarini qo‘llab quvvatlashini bildirgan. Bundan tashqari, u AQSHni xarbiy operatsiyalar davomida avantyurizm va “gegemonlik fitnasi”da ayblagan.
.jpg)
Marosimda Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Vyacheslav Volodin esa Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Kim Chen Inga yo‘llagan maktubini o‘qib bergan. U o‘z nutqi davomida ochilayotgan yangi muzey KXDR-Rossiya do‘stligining abadiy ramzi bo‘lib qolishini va o‘zaro strategik sheriklikni yanada mustahkamlashini ta’kidlagan.
.jpg)
“Abadiy do‘stligimizning ramzi bo‘lib qolajak ushbu yodgorlik bundan keyingi har tomonlama strategik va mintaqaviy hamkorligimizni rivojlantirishiga ishonaman. Moskva Pxenyan bilan 2027-2031 yillarga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasini imzolashga tayyor”, deydi Rossiya Davlat dumasi raisi.
.jpg)
Tadbir yakunida Kim Rossiya delegatsiyasi a’zolari bilan “Faxriy mehmonlar kitobi”ga imzo chekkan va o‘z tilaklarini yozib qoldirgan.
Ma’lumot o‘rnida, Janubiy Koreya razvedkasining xisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Kursk viloyatida Rossiya nomidan jang qilish uchun 15 mingga yaqin askarini yuborgan va ulardan 2 mingga yaqini halok bo‘lgan. Rasmiy Moskva va Pxenyan esa hech qanday raqamlarni oshkor qilmagan.
.jpg)
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning oktyabr oyida Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi urushda halok bo‘lgan o‘z askarlari xotirasiga bag‘ishlangan ushbu yodgorlikni qurishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Hojiakbar Muhammadjonov
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust