Kim Kardashianni to‘nagan jinoiy guruh a’zolari sud zalida ozod qilindi
Madaniyat-san’at
−
24 may 11009 2 daqiqa
2016 yilda Parijda Kim Kardashianni to‘nagan jinoiy guruh rahbari, 69 yoshli Aomar Ait Kedasha 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shundan 5 yili shartli deb belgilandi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Kedashaning yetti nafar sherigi qisman yoki to‘liq shartli ravishda uch yildan yetti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. O‘tgan vaqt hisobga olinib, ish bo‘yicha barcha ayblanuvchilar sud zalida qamoqdan ozod qilindi.
Faqat noqonuniy qurol saqlashda ayblangan yana bir jinoiy guruh a’zosi 5000 yevro miqdorida jarimaga tortildi.
Barcha hukmlar ayblov tomoni talab qilganidan ko‘ra yumshoqroq edi. Biroq amerikalik yulduzning advokatlari u hukmdan mamnunligini va Fransiya rasmiylariga minnatdorlik bildirishini ma’lum qildi.
Kardashianning aytishicha, “bu jinoyat uning hayotidagi eng dahshatli voqea bo‘lgan”, ammo endi u “yangi sahifa ochmoqchi”.
Ma’lumot uchun, 2016 yil oktyabr oyida politsiyachi kiyimidagi qurollangan shaxslar kechasi Parijdagi Kim Kardashian istiqomat qiladigan mehmonxonaga bostirib kirgan. Ular tungi qorovulning qo‘liga kishan solib, teleyulduzning xonasi eshigini ochishga majbur qilgan.
O‘g‘rilar Kardashianning qariyb 9 million yevrolik zargarlik buyumlarini, jumladan, o‘sha paytdagi turmush o‘rtog‘i reper Kane Uest sovg‘a qilgan brilliant uzukni o‘g‘irlagan. Kim Kardashianni esa og‘zini bog‘lab qo‘yishgan.
Sud jarayonida Kardashian bolalariga qaytishi uchun jinoyatchilardan uning hayotini saqlab qolishlarini iltimos qilganini esladi.
“O‘sha kechasi men o‘laman deb o‘yladim”, deb tan oldi u.
Hujumdan so‘ng, yulduz uzoq vaqt davomida Parijga sayohat qilishdan qochdi va sayohatlaridan fotosuratlarni faqat vaqtni kechiktirgan holda ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida chop eta boshladi.
Live
Barchasi