Kim Yo Chjon Shimoliy Koreya qit’alararo ballistik raketani uchirishi mumkinligiga shama qildi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Pxenyan yaqin orada qit’alararo ballistik raketani uzoq masofaga sinovdan o‘tkazishi mumkinligiga ishora qildi. Uning bayonoti bugun, 20 dekabr kuni Koreya markaziy axborot agentligi tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Shubhasiz, ular (G‘arb davlatlari) bizning strategik qurollarimiz imkoniyatlarini tasdiqlashi uchun vertikal uchirma emas, balki normal burchak ostida uchirish kerak, degan dalillar bilan tanqid qilmoqda. Buni qachon amalga oshirishimizni tez orada ko‘rasiz va tushunasiz”, deydi Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chjon.

18 noyabr kuni Shimoliy Koreya “Xvason-17” qit’alararo raketasini tik trayektoriya bo‘ylab uchirdi. U taxminan 1 ming km masofani bosib o‘tdi va maksimal 6 ming km balandlikka ko‘tarildi. Yaponiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, an’anaviy trayektoriya bo‘yicha uchirilganda bunday raketa 15 ming km dan ortiq masofani bosib o‘tib, AQSHning kontinental qismiga yetib borishi mumkin.

Pxenyan muntazam ravishda o‘rta va uzoq masofali ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazadi, ularni shunday tik trayektoriya bo‘ylab Yaponiya dengiziga uradi va juda kamdan-kam hollarda ularni Yaponiya hududi orqali Tinch okeani tomon yuboradi.

Bir qator ekspertlar Pxenyanda parvozning yakuniy bosqichida atmosferaga qayta kirishi vaqtida jangovar kallakni yuqori harorat va bosimdan ushlab turish texnologiyasi allaqachon mavjud, degan taxminlarni aytib o‘tishgan. Raketalarni uzoq masofaga uchirilishi bilan KXDR ushbu texnologiyaning mavjudligini namoyish etish niyatida.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing