Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyaga tahdid qildi
Olam
−
04 iyun 2020
18388Shimoliy Koreya mamlakat yetakchisi Kim Chen Inga qarshi varaqalar bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasidagi tanglikni yumshatish bo‘yicha Janubiy Koreya bilan ilgari imzolangan kelishuvni bekor qilishi mumkin. Bu haqda uning singlisi, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi tashviqot bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Kim Ye Chjon ma’lum qildi. Bu haqda “Deutsche welle” xabar bermoqda.
Bunday bayonot Janubiy Koreya tomonidan KXDR hududiga tashviqot varaqalarini havo shari orqali tashlanganidan so‘ng paydo bo‘ldi.
"Agar Janubiy Koreya rasmiylari, bu vaziyatning davom etishiga imkon bersa, buning javobining narxi yuqori bo‘ladi", deb aytdi Kim Ye Chjon. Uning bayonotini Koreya Markaziy telegraf agentligi tarqatdi.
Siyosatshunosning ta’kidlashicha, agar Janubiy Koreya rasmiylari tomonidan varaqalar oqimi to‘xtatilmasa, Pxenyan "harbiy sohadagi Shimol-Janub kelishuvini buzish", shuningdek, qo‘shma sanoat parkini tugatish kabi choralarni ko‘rishi mumkin. Keson va qo‘shma Shimoliy-janubiy aloqa vakolatxonasining yopilishi ham bundan mustasno emas.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi bir necha hafta davomida qurolsizlantirilgan zonaning shimoliy qismida sharlar yordamida KXDRga qarshi minglab varaqalar tarqatilgan. Targ‘ibotchilar Kim Chen Inning siyosatini, xususan, uning yadroviy ambitsiyalari va inson huquqlarining buzilishini qoralashgan.
LiveBarchasi