Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyaga tahdid qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Kim Yo Chjon Pxenyan Janubiy Koreya hukumati agar koronavirusning Shimoliy Koreyaga kirib kelishini qo‘zg‘atsa, qo‘shnilarini yo‘q qilishini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Agar dushman virusning respublikamizga kirib kelishini qo‘zg‘atuvchi xavfli harakatlarni davom ettirsa, biz bunga nafaqat virusni yo‘q qilish, balki Janubiy Koreya rasmiylarini ham yo‘q qilish bilan javob beramiz”, degan Kim Yo Chjon.

Qayd etish kerakki, kecha, 10 avgust kuni KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatda koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini “tantanali ravishda e’lon qildi”.

May oyida u KXDRda koronavirus tufayli “to‘satdan” favqulodda vaziyat yuzaga kelganini aytib, hukumatga kasallik tarqalishini to‘xtatish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishni buyurgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

538

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing