Kim Chen In KXDR iqtisodidagi rejalar barbod bo‘lganini e’lon qildi

Olam 7377
image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In mamlakatni rivojlantirishning besh yillik rejasi deyarli barcha jabhalarda barbod bo‘lganini e’lon qildi. Bu haqda Shimoliy Koreya rahbari Koreya Ishchilar partiyasining qurultoyi vaqtida aytib o‘tgan.

"Besh yillik iqtisodiy rivojlanish strategiyasining muddati o‘tgan yili tugagan edi, ammo aksariyat sohalardagi natijalar maqsadlarimizga mutlaqo mos kelmadi", degan Kim Chen In. 

Shu bilan birga, u o‘tgan besh yilni mamlakat uchun "misli ko‘rilmagan" va "eng yomon" deb atagan.

"Hozir duch kelayotgan ko‘plab muammolarni eng xavfsiz va tezkor tarzda hal qilish – bu o‘z kuchimizga tayanish qobiliyatini kuchaytirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishdir", degan KXDR rahbari. 

Ta’kidlanishicha, kelgusi besh yillik iqtisodiy rivojlanish rejasi Shimoliy Koreya Mehnat partiyasining Kongressida qabul qilinadi.

Shuningdek, qurultoyda Kim Chen In "milliy birlashish, tashqi aloqalarni rivojlantirish va partiya ishini kuchaytirishga" qaratilgan "strategik va taktik siyosat" bo‘yicha takliflar bilan chiqadi. 

Ma’lumot uchun, qurultoy kecha, 5 yanvar kuni boshlangan, uning necha kun davom etishi haqida aytilmagan.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 385
Reyting: 3
t
×