Kim Chen In kasalmi? KXDR yetakchisining surati keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda

Olam

image

Anchadan beri ommaga ko‘rinmayotgan Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan so‘nggi fotosuratlari uning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi yangi muhokamalarni keltirib chiqardi. Chunki suratlarda yetakchining ozib ketgani aks etgan. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar bermoqda. 

Kim Chen Inning poytaxt Pxenyanda nishonlangan “Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda paydo bo‘lishi barchani hayratda qoldirgan. Ushbu tadbirda davlat rahbari nutq so‘zlab, yoshlarni eng qiyin va murakkab ishlarni o‘z xohishi bilan amalga oshirgani uchun maqtagan va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

Davlat rahbarining nutqidan ko‘ra, uning tadbirda olingan rasm va videolari ko‘pchilikning e’tiborini tortgan. Chunki u suratlarda avvalgiga qaraganda ozg‘in ko‘ringan. Bu holatni ko‘pchilik Kimning sog‘lig‘i bilan bog‘lamoqda. 

“Albatta, u kasal bo‘lib qolgan bo‘lishi mumkin. Ehtimol, Kim ozish uchun bariatrik operatsiyani (oshqozonning bir qismini olib tashlash orqali vazn yo‘qotish) boshidan o‘tkazgandir”, deydi Dikin universitetining terrorizmga qarshi mutaxassisi Greg Barton.

Ma’lumot o‘rnida, iyun oyining oxirida KXDR davlat ommaviy axborot vositalarida mamlakat rahbarining vazn yo‘qotgani rasman e’lon qilindi. Xususan, 2020 yildan beri bo‘yi 170 sm, vazni esa 140 kg bo‘lgan 37 yoshli Kim 44 kilogram yo‘qotgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

509

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing