Kilian Mbappe “Real Madrid”ga o‘tishiga ishonmoqda

Sport

image

Fransiyaning PSJ futbol klubi hujumchisi Kilian Mbappening “Real Madrid”ga o‘tishi haqidagi xabarlar paydo bo‘lganiga ancha vaqt bo‘ldi. Ispaniyada bo‘lib o‘tgan "Real Madrid" va PSJ (3-1) uchrashuvidan so‘ng, Kilianning “los blankos” safiga qo‘shilish niyati yanada jiddiylashgan. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Mbappe “Qirollik” klubiga o‘tish qarori to‘g‘ri ekanligiga shubha qilmaydi. Kilian PSJning “Real”ga qarshi o‘yini doirasida, ikki kun Madrid shahrida bo‘ldi va u tushundiki, bu shahar va uning futbol klubi bilan barcha sovrinlarni yutoladi. Endilikda fransuz futbolchisi hamda uning oilasi futbolda asosiy narsa pul emasligini va Kilian “Real Madrid”ga o‘tish orqali sayyoramizning eng boy futbolchisiga aylanmasa ham baxtli bo‘lishini yaxshi anglamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Kilian Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi joriiy yilning yozida nihoyasiga etadi. 23 yoshli futbolchi ushbu mavsumda Parij klubi safida barcha turnirlar doirasida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali Kilianni 160 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing