Kibersport Adrenaline Rush’ni tanlaydi 

Biznes

image

Adrenaline Rush*. Mashhur va lazzatbaxsh, tetiklantiruvchi, kishiga quvvat beruvchi ichimlik - Adrenaline Rush faqatgina faol o‘yinlarni qo‘llab-quvvatlaydi, desangiz adashasiz. Vitaminlarga boy Adrenaline Rush kibersport bilan shug‘ullanuvchilarning sevimli ichimligiga aylanib ulgurgan. 

Savdo belgisi O‘zbekistonda kompyuter va mobil o‘yinlarni rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida «Adrenaline Cyber Cup - powered by IT Park» nomi bilan tashkil etilgan kibersport musobaqasining tashkilotchilaridan biri bo‘ldi. 

Musobaqa O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, Revotech, ARCRED kibersport tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Adrenaline Cyber Cup - powered by IT Park 2020 yil 21-31 iyul kunlari O‘zbekiston bo‘ylab mobil va kompter o‘yinlari havaskorlari hamda professionallari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. 

Adrenaline Rush to‘rtta yo‘nalish: Counter Strike: Global Offensive, FIFA 20, DOTA 2, PUBG Mobile bo‘yicha tashkil etilgan musobaqaning asosiy ichimligi bo‘ldi.

Xaqiqiy quvvat manbai bo‘lgan Adrenaline Rush energetik ichimligi tarkibiga tetiklashtiruvchi moddalar, V guruhiga mansub vitaminlar kiradi. Shu bois, ichimlik inson charchog‘ini kamaytirib, asab tizimi ishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi, aqliy faoliyat bilan shug‘ullanishda yordam beradi. 

Adrenaline Rush tezkorlik fikrlash va zudlik bilan qaror qabul qilish qobiliyatini kuchaytiradi. Bu esa, shubhasiz, kibersport ishqibozlari va havaskorlari qatorida professionallari uchun ham ayni muddaodir.   

Shunday ekan, kibersport Adrenaline Rush’ni tanlaydi!

*18 yoshga to‘lmagan, katta yoshli kishilar va qariyalarga, gipertonik kasalliklarga chalingan, yurak faoliyati buzilgan, tez-tez asabiylashadigan, aterosklerozga chalingan bemorlarga, uyqusizlikka uchragan shaxslarga, homilador va emizikli ayollarga tavsiya etilmaydi. Ichimlikni sutkasiga 0,5 l dan kamroq iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Reklama huquqi asosida.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Adrenaline Rush

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar