XJS prokurori nega Netanyaxuni hibsga olish uchun order berishni taklif qilganini tushuntirdi

Olam

image

Xalqaro jinoiy sudi (XJS) prokurori Karim Xon Isroil va HAMAS harakatining yuqori martabali amaldorlarini hibsga olishga order berish taklifini tushuntirdi. U bu haqda "The Times" gazetasiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Xonning aytishicha, Isroil demokratik davlat va o‘zini himoya qilish huquqiga ega. Ammo bu insoniyatga qarshi jinoyat qilish kerak degani emas. Misol tariqasida Karim Xon XX asrning ikkinchi yarmida Shimoliy Irlandiyadagi mojaroni keltirdi. U irlandlar Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Margaret Tetcherga, shuningdek, bir qancha deputatlarga suiqasd uyushtirishga uringanini eslatdi.

“Ammo inglizlar “Folls-roudga 2000 funtlik bomba tashlaylik” demadi. Siz buni qilolmaysiz", deya tushuntirdi prokuror.

Shuningdek, XJS vakili prokurorlarning ishi do‘stlashish emasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular "qarsaklar yoki qoralangan" bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z majburiyatlarini bajarishlari kerak.

U Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunakning Isroil rasmiylarini hibsga olish uchun order berish foydasiz bo‘lishi haqidagi so‘zlariga shunday izoh berdi.

Eslatib o‘tamiz, 20 may kuni Karim Xon sudning dastlabki tergov palatasidan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, shuningdek, Mudofaa vaziri Yoav Galant va HAMASning uch nafar yetakchisini harbiy jinoyatlarda ayblab, hibsga olish uchun order berishni so‘rashini aytgandi. AQSH Prezidenti Jo Bayden bu qarorni g‘ayritabiiy, deb atadi. Buyuk Britaniya ham bunga qarshi chiqdi. Fransiya va Belgiya hukumatlari qarorni qo‘llab-quvvatladi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil order HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu XJS Yoav Galant Karim Xon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing