XJF Rossiya Jurnalistlar uyushmasini a’zolikdan chiqarib yubordi
Olam
−
22 fevral 2023
5761Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi (XJF) rahbariyati Rossiya Jurnalistlar uyushmasining Federatsiyaga a’zoligini to‘xtatdi. Bu haqda Uyushma raisi Vladimir Solovev ma’lum qildi.
“XJF Bosh kotibi Entoni Bellanjer menga XJF a’zoligi to‘xtatilganligi haqida xabar beruvchi xat yubordi”, deydi u.
Avvalroq Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi 22 fevral kuni Rossiya Jurnalistlar uyushmasi a’zoligini to‘xtatib qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilishini e’lon qilgan edi. Bryusselda tarqatilgan XJF bayonotida ta’kidlanishicha, Rossiya Jurnalistlari uyushmasi Rossiya Federatsiyasi kuch bilan egallab olgan hududlarda to‘rtta bo‘lim tashkil etgandan so‘ng, XJF ijroiya qo‘mitasi "bir ovozdan ushbu qarorni qoralovchi va XJF Nizomining 16-moddasini kuchga kirituvchi taklifni qabul qildi. Unga ko‘ra, qaror a’zo tashkilotning faoliyatini to‘xtatib turish va yakunda chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.
LiveBarchasi