XVJning mlrdlaridan eng ko‘pi MDHda Rossiyaga tegdi. O‘zbekiston necha dollarni qo‘lga kiritdi?

Olam

image

Joriy yilning 23 avgust kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasiga a’zo davlatlarga Maxsus qarz olish huquqi asosida 650 milliard dollari ajratilgan. Ushbu ajratilgan mablag‘dan O‘zbekiston 746 million dollar to‘g‘ri keldi.  Bu haqda RBK yozmoqda

Ma’lum qilinishicha, XVJ ajratgan mablag‘dan Tojikiston 236 million, Belarus 923 million, Ukraina 3 milliard, Moldaviya 234 million, Gruziya 285 million, Armaniston 175 million, Qozog‘iston salkam 2 milliard, Ozarbayjon 531 million va Rossiya eng ko‘p mablag‘ olgan davlat sifatida qariyb 18 milliardni qo‘lga kiritgan.

Qayd etilishicha, 2020 yilda pandemiyaning birinchi to‘lqini avjiga chiqqan paytda Maxsus qarz olish huquqi asosida eng kamida 500 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratish taklifi berilgan. Ushbu yordamni XVJni boshqaruvchi direktor Kristalina Georgiyeva “inqiroz davrida jahon iqtisodiyoti uchun “emlash”, deb atagan. 

Mablag‘ ajratilishi xalqaro zaxiralarning likvidligini oshirish orqali pandemiyadan qutilishga yordam berishi kerak. Yangi zaxiralarning 275 milliard dollar miqdoridagi mablag‘dan 25 milliard dollari MDH mamlakatlari va Gruziyaga ajratilgan. 

Ma’lumot uchun, Maxsus qarz olish huquqi – XVJning jismoniy shaklga ega bo‘lmagan to‘lovlarni amalga oshirishning sun’iy yo‘li.  Maxsus qarz olish huquqining valyuta kursi – dollar, yevro, funt va yuanning kurslariga qarab belgilanadi. 

Hozirgi vaqtda 204 milliard Maxsus qarz olish huquqidagi mablag‘ muomilada, keyinchalik esa bu 660 milliard dollarga yetadi. 

Qayd etish kerakki, XVJ oxirgi marta 2009 yilda jahon iqtisodiyotiga global moliyaviy inqiroz oqibatlarini bartaraf etishga yordam berish uchun 250 milliard dollar ajratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

454

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing