Xo‘jaylida YPX xodimi haydovchiga qo‘l ko‘tardimi? Holatga izoh berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qoraqalpog‘istonda haydovchiga qo‘l ko‘taradigan YPX xodimi” sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holatga O‘zbekiston IIV YHXBB Axborot xizmati rasmiy izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 18 may kuni soat 11:15 larda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani Nukus guzari ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori A.Ye. tomonidan haydovchi T.B. boshqaruvida bo‘lgan ISUZU rusumli transport vositasi piyodaga yo‘l bermagani uchun to‘xtatilgan va unga qoidabuzarlik bo‘yicha tushuntirish berilgan.

Shundan so‘ng, haydovchi qoidabuzarlikni tan olmay qo‘l telefoniga tasvirga olishni boshlagan vaqtda, o‘zini “haydovchining otasiman”, deb tanishtirgan fuqaro inspektorga avtomobilning hujjatlarini olib berib, qog‘oz bayonnomaga rasmiylashtirishni so‘ragan.

Bayonnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng haydovchi imzo quyishdan bosh tortgan va YPX inspektori bilan haydovchi o‘rtasida nizoli vaziyat kelib chiqqan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

297

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing