Xutiylar Saudiya Arabistonidagi neft inshootlariga hujum qildi
Olam
−
08 mart 2021 10428 1 daqiqa
Saudiya Arabistonidagi bir necha neft inshootlari xutiy isyonchilar tomonidan hujumga uchradi. “Bloomberg” bu haqda mamlakat Energetika vazirligiga asoslanib xabar bermoqda.
Dengizdan qilingan hujum Fors ko‘rfazi sohilidagi Ras-Tannura portidagi eksport terminalida neftni saqlash uchun maxsus idishga yo‘naltirilgan . Bu dunyodagi eng himoyalangan neft inshooti hisoblanadi.
Saudiya Arabistoni Energetika vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, terminalga uchuvchisiz havo vositalari hujum qilgan. Bundan tashqari, “Saudi Aramco” milliy neft kompaniyasi xodimlari yashaydigan turar-joy majmuasi yaqiniga raketaning bir qismi qulab tushgan.
Vazirlik vakilining aytishicha, ikkala hujum oqibatida ham hech kim jabr ko‘rmagan va mamlakatning neft infratuzilmasiga hech qanday zarar yetkazilmagan.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust