Xususiy maktablarga ham qishki ta’tilni uzaytirish tavsiya qilindi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida qishki ta’til muddati joriy yilning 24 yanvariga qadar uzaytirilgan edi. Shu munosabat bilan nodavlat ta’lim tashkilotlarida ham qishki ta’til muddati joriy yilning 24 yanvariga qadar uzaytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Nodavlat ta’lim tashkilotlarida ham qishki ta’til muddatini 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirish, ularning rahbar va pedagog kadrlarini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan Milliy o‘quv dasturlari asosida masofaviy ta’lim shakllarini qo‘llagan holda malaka oshirish kurslariga jalb etish maqsadga muvofiq”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, qishki ta’til davrida o‘quvchilarga oziq-ovqat berilmasligi hamda boshqa sarf-xarajatlar qilinmasligini inobatga olingan holda ularning ota-onalaridan shu muddatlar uchun to‘lov undirilmaydi.

Shuningdek, ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ular uchun tashkil qilinayotgan onlayn fan olimpiadalar, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlarda faol ishtiroki ta’minlanash ham ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda joriy yilning 7 yanvarida koronavirusning “omicron” shtammiga chalingan ilk bemor aniqlangan. Shuningdek, mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik holatlar soni yana ortgan. Xususan, kecha, 9 yanvar kuni 389 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, jami kasallanganlar soni 200730 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida va oliy ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati joriy yilning 24 yanvariga qadar uzaytirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing