Xususiy bog‘cha uchun olingan kreditlarning imtiyozli davri uzaytirildi

Jamiyat

image

Xususiy bog‘cha uchun olingan kreditlarning imtiyozli davri uzaytirildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim agentligi ma’lum qildi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil, 27 sentyabrdagi 316-sonli qaroriga asosan 2018-2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik(DXSH) asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddati 2024 yil 1 oktyabrgacha uzaytirildi”, deyiladi xabarda. 

Unga ko‘ra:                 

  • imtiyozli davr davomida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlari amalga oshiriladi; 
  • imtiyozli davrda to‘lanishi lozim bo‘lgan asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi.

Shuningdek, Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga quyidagi tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida va shartlarda ajratiladi:                   

  • Toshkent shahrida – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka bo‘yicha;
  • Nukus shahri, viloyatlar markazlari va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka bo‘yicha;
  • tumanlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka bo‘yicha.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda vatan himoyasi va tinchligi yo‘lida yaralangan yoki halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari bog‘cha to‘lovidan ozod qilinishi haqida xabar bergan edik.

Mashhura Imomova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xususiy bog'cha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing