Xushxabar: O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish darajasi ilk bor 94 foizga chiqdi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2020
18715Bugun, 5 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 124 nafar oshdi va jami bemorlar 43 293 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlari:
• 84 nafari Toshkent shahrida;
• 26 nafari Toshkent viloyatida;
• 13 nafar Samarqand viloyatida;
• 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli A.K. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 54 yoshli F.U. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 218 nafar, Toshkent viloyatida 95 nafar, Qashqadaryo viloyatida 10 nafar, Samarqand viloyatida 8 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Andijon viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar, jami 342 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 40 774 (+342) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar darddan forig‘ bo‘lib, mamlakatda pandemiya boshlangandan buyon birinchi bor sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi.
Hozirda mamlakatda 2 176 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi