Xushxabar! Umra ziyorati uchun 1 fevraldan boshlab har kuni reyslar amalga oshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga Umra safari uchun reyslar joriy yilning 1 fevralidan boshlab har kuni amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kecha, 24 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida Umra ziyorati uchun 2022 yil 1 fevraldan Saudiya Arabistoniga har kuni bittadan reys amalga oshirilishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, 10 fevraldan har kuni 2 ta reys va Ramazon oyi davomida har kuni 3 tadan reys amalga oshirilishi ham qo‘shimcha qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 yanvar kuni erta tongda “Umra – 2022” mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing