Xurmoni ko‘p iste’mol qilish nega xavfli?
Salomatlik
−
05 mart 2021 13244 1 daqiqa
Gastroenterolog Nikita Xarlov xurmo mevasini ko‘p iste’mol qilish xavfi haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mevaning ortiqcha iste’mol qilinishi fitobezoar — yot jism shakllanishiga olib kelishi mumkin. U esa o‘tkir ichak tutilishini keltirib chiqaradi.
Bunday xavf ovqatlanish ratsionida ushbu mevaning ko‘p miqdorda bo‘lishi orqali paydo bo‘ladi.
Bu hazm bo‘lmaydigan tolaning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, u organizm tomonidan so‘rilmaydi, balki ichak orqali o‘tadi.
Xarlovning ta’kidlashicha, keksa odamlar yoki ta’sirlangan ichak sindromi bilan og‘rigan bemorlar ko‘pincha bunday kasalliklarga duch keladi — har qanday o‘simlik mahsulotlari bezoarlarning manbaiga aylanadi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr