Telegram
Birinchi biling!
Jamiyat
−
09 Oktabr 2021
6810Joriy yilning 6 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Qarorga muvofiq quyidagi hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
Birinchidan, Xalq ta’limi vazirligi davolanishga va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash, ularning ta’lim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish maqsadida:
• o‘z joniga qasd qilishga moyil qizlar va ruhiyatida o‘zgarish kuzatilgan o‘quvchi qizlar ro‘yxatini shakllantirish, ularga tibbiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha manzilli ishlarni tashkil etadi;
• ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlariga joylashtirilgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlarini eng yaqin hududdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga vaqtincha joylashtirish choralarini ko‘radi.
Ikkinchidan, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari Milliy gvardiyaning qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan ob’ektlar ro‘yxatiga kiritildi;
Uchinchidan, “Mahalla va oila” ITIning asosiy vazifalari kengaytirildi. Xususan, boshqalar qatorida, institut oilaviy zo‘ravonlikning kelib chiqish omillari va sabablarini chuqur o‘rganishni amalga oshiradi. Shuningdek, uning asosiy vazifalari jumlasida: oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, zo‘ravonlikka uchragan yoki o‘z joniga suiqasd qilgan yoxud o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.
Boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritildi.
LiveBarchasi