XTV “Onlayn-maktab” loyihasida dars berayotgan o‘qituvchilarni kamsitmaslikni so‘rayapti

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 sentyabr kuni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasida efirga uzatilgan ingliz tili fanidan darslarda xatolik yuz bergani va bu ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab bahs-munozarlarni keltirib chiqarishi ortidan Xalq ta’limi vazirligi chet tili o‘qituvchilarining tarkibini  qayta ko‘rib chiqdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lumki, joriy yilning 14 sentyabridan boshlab maktab o‘quvchilari uchun televizion darslar efirga uzatila boshlandi.

“Onlayn-maktab” loyihasi doirasida har kuni 100 dan ortiq (30-35 soat) darslar tasvirga olinmoqda. Mazkur darslarda imkon qadar xatolik o‘tmasligiga harakat qilinmoqda.

Biroq, 16 sentyabr kuni efirga uzatilgan chet tili fani videodarsida ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yildi. Eng avvalo, mazkur holat uchun barchadan uzr so‘ramoqchimiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan darslarda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida chet tili o‘qituvchilarining tarkibi qayta ko‘rib chiqilgan. Natijada dars muharririri almashtirilgan hamda darslarda tajribali o‘qituvchilar jamoasini yanada kengaytirish maqsadida mahoratli pedagoglar uchun tanlov e’lon qilingan.

Vazirlik keng jamoatchilik va ijtimoiy tarmoq faollaridan “Onlayn-maktab” loyihasida ishtirok etayotgan o‘qituvchilarni kamsitmaslikni so‘ramoqda. 

“Har birimiz xatolikka yo‘l qo‘yishimiz mumkin, ish bor joyda xatoliklar ham uchrab turadi. Lekin, bu xatoliklarni oldini olish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmoqda.

Umid qilamizki, bu vaziyat barchani o‘z vazifalarini bajarishda e’tiborliroq bo‘lishga va ishga professional yondashishga undaydi.

Vazirlik, hozirgi sharoitda o‘z sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib ham an’anaviy ham masofaviy shaklda faoliyat olib borayotgan hamda videodarslarni tasvirga olish jarayonlariga jalb qilingan o‘qituvchilarga minnatdorlik bildiradi”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Onlayn-maktab

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar