XTV maktabdagi “kalta paypoq” mashmashasi tafsilotlarini e’lon qildi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Toshkentdagi maktablardan birida o‘quvchilarning kalta paypoq kiygan-kiymagani tekshirilgani haqida xabar bergan edik. Bu holat bolalarga LGBTga qarshi kurash, deb tushuntirilgan. Keyinroq tekshiruv Mirobod tumanidagi 110-maktabda o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarning paypog‘i tekshirilishi bilan bog‘liq vaziyat to‘liq o‘rganilganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, holat 110-umumta’lim maktabining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi hamda direktor o‘rinbosari o‘quvchining telefon o‘ynab o‘tirganini hamda o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizlik bo‘layotganini ko‘rib, sinfga kirishga majbur bo‘lgan vaqtida yuz bergan.

Telefon bilan bog‘liq holat muhokama qilinganidan so‘ng, ular tomonidan bolalar tartibga chaqirilgan hamda o‘quvchilarning o‘zlarini darsda tutishlari, o‘qituvchiga hurmat, darsga e’tibor qilish, jismoniy tarbiya kiyimida darsda o‘tirmaslik kabi masalalar bo‘yicha tushuntirish berilgan.

Vazirlikning ta’kidlashicha, o‘qituvchi tomonidan dars so‘ngigacha muhokamalarga sabab bo‘lgan mavzu (LGBT) haqida so‘z bormagan. Mazkur mavzu tanaffusga qo‘ng‘iroq chalingandan so‘ng o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi qizning “nega bunday kiyimga e’tibor qilyapsizlar” degan mazmundagi savoliga javob tarzidagi shaxsiy fikri sifatida aytilgani ma’lum bo‘lgan.

Direktor o‘rinbosari o‘quvchilarning biri paypoq kiymaganiga e’tibor qaratgan.

“Nima uchun paypoqsiz? Bizda nima, LGBTmi? Oliy Majlis maktablarimizda paypoqsiz yurishni taqiqlagan”, degan Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi o‘quvchiga.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, bu holat bloger aytganidek 20 daqiqa emas, 9 daqiqa davom etgan.

O‘quvchilarning xatti-harakatlari tufayli 2 nafar erkak o‘qituvchi biroz qizishib gapirgan va direktor o‘rinbosar kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ogohlantirilgan. Lekin videodan ko‘rinib turibdiki, ataylab shov-shuv qilingan mavzu bo‘yicha o‘qituvchi kirib darsda ma’ruza qilmagan va bolalar paypog‘ini o‘lchab rasmga olmagan. Bu bo‘yicha vazirlik tomonidan maktablarga hech qanday topshiriq bo‘lmaganligini ham avval ma’lum qilganmiz”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi ota-onalarni mabodo maktabda qandaydir salbiy holat yuz bergani haqida gumon qilinsa, holatni o‘rganmasdan, Internetda shov-shuv ko‘tarmaslikka, aksincha maktab rahbariyatiga yoki tegishli organlarga murojaat qilishga chaqirmoqda.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing