Xotini va o‘gay qizining qotili qatl etildi
Olam
−
08 mart 2023
19842Kecha, 7 mart kuni AQSHning Texas shtatida bundan qariyb 14 yil oldin sobiq xotini va uning olti yoshli qizini o‘ldirgan jinoyatchi qatl qilindi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 51 yoshli Gari Grin 2009 yil sentyabr oyida 32 yoshli Lovetta Armstedni pichoqlagan va uning qizi Jazzman Montgomerini esa vannada cho‘ktirgan. Shu paytgacha bo‘lgan sud majlislarida qotilning advokatlari uning aqliy nosog‘lom ekanini da’vo qilib kelgan. Biroq 6 mart kuni oqlovchilar qatlni bekor qilish bo‘yicha hech qanday apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilmagan.
Rasmiylarning aytishicha, mudhish hodisa marhum Lovetta Armsted Gringa maktub yozib, u bilan ajrashishini bildirgan kun sodir bo‘lgan. G‘azablangan qotil esa o‘z xatida Armsted va uning bolalari unga qarshi fitnada ishtirok etganiga ishonishini aytgan.
“Siz mahluqni ko‘rishni so‘ragan edingiz. Mana o‘zingiz istagan mahluq. U bugun beshta hayotni tugatadi”, deb yozgan Grin.
Shundan so‘ng Grin Armstedga yigirma martadan ko‘proq pichoq sanchgan, Jazzmanni esa vannaga cho‘ktirgan. Shuningdek, qotil Armstedning 9 va 12 yoshdagi yana ikkita farzandini o‘ldirmoqchi bo‘lgan, ammo ular tirik qolgan.
“Biz Gringa o‘lish uchun juda kichik ekanimizni va nima yuz berganini hech kimga gapirmasligimizni aytdik”, deydi voqeaga guvoh bo‘lgan 9 yashar bola.
Ma’lumot uchun, Gari Grin 2023 yilda Texasda qatl etilgan to‘rtinchi mahbus sanaladi. AQSHda esa yil boshidan beri 8 mahbus qatl qilingan.
LiveBarchasi