Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi qayta tashkil etildi
Jamiyat
−
14 aprel 2021 4360 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi qayta tashkil etildi.
Qaror bilan Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga muvofiq Jamg‘arma:
og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlang‘ich badalini to‘lab beradi;
xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashadi;
xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablag‘larini belgilangan tartibda joylashtiradi;
xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashadi.
Live
Barchasi