Xotin-qizlarga ajratilgan qo‘shimcha 4 foizli grant hududlar o‘rtasida taqsimlandi

Jamiyat

image

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar va to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlarga maxsus tavsiyanoma berilib OTMga qo‘shimcha davlat granti ajratilishi haqida xabar bergan edik.

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2020-2021 o‘quv yili uchun xotin-qizlarga ajratilgan to‘rt foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Xabarda qayt etilishicha, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika bo‘yicha jami 940 ta joy ajratilgan. Jumladan:

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 51 nafar;
•  Andijon viloyati – 85 nafar;
•  Buxoro viloyati – 53 nafar;
•  Jizzax viloyati – 36 nafar;
•  Qashqadaryo viloyati – 88 nafar;
•  Navoiy viloyati – 28 nafar;
•  Namangan viloyati – 75 nafar;
•  Samarqand viloyati – 104 nafar;
•  Surxondaryo viloyati – 71 nafar;
•  Sirdaryo viloyati – 49 nafar;
•  Toshkent viloyati – 80 nafar;
•  Farg‘ona viloyati – 100 nafar;
•  Xorazm viloyati – 50 nafar;
•  Toshkent shahar – 70 nafar.

Eslatib o‘tamiz, 2020-2021 o‘quv yilida xotin-qizlar ushbu tanlovda ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli tavsiyanomalarni operativ tarzda berish vakolati Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga yuklatilgan.

2020 yil 20 iyulga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tavsiyanoma berilgan talabgorlarning yakuniy ro‘yxati DTMga taqdim etiladi


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing