Xorvatiyadagi stadionda tankga qarshi qurol bilan o‘t ochishdi (video)

Sport

image

Futbol bo‘yicha Xorvatiya quyi ligasi vakillari bo‘lgan "Plitvitse" va "Sokolats" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda  stadion chetidagi muxlislar maydonga granatomyot ( tankka qarshi ishlatuvchi qurol) o‘q uzishgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan. Maydon o‘q uzgan “qahramonlar” esa hibsga olingan.

Ma’lumot uchun, xorvatiyalik futbol “ixlosmandi” foydalangan granatomyot “Zolya” deb nomlangan. Undan sobiq Yugaslaviya armiyasida serb tanklariga qarshi qurol  sifatida foydalanilgan. "Zolya" o‘tgan asrning 70 yillarda ishlab chiqarilgan. U mustahkamlangan plastmassadan tayyorlangan bo‘lib, u zirhli transport vositalari va dushman istehkomlarini buzish uchun mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing