Xorijlik muxlislarsiz Olimpiada: Yaponiya 1,37 mlrd dollar yo‘qotadi
Sport
−
21 mart 2021 3424 1 daqiqa
Tokioda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini chet ellik muxlislarsiz o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror tufayli Yaponiya qariyb 150 milliard iyen (1,37 milliard dollar) yo‘qotadi. Bu haqda NHK telekanali “Nomura” tadqiqot instituti iqtisodchilari ma’lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.
Ularning ma’lumotlari koronavirus pandemiyasi boshlanishidan oldin ichki bozor va chet ellik sayyohlarning iste’mol qilish darajasini tahlil qilishga asoslangan. Unga ko‘ra, mehmonxona va restoran biznesi eng ko‘p zarar ko‘radi.
Agar Olimpiada tashkilotchilari musobaqa davomida sport maydonlarida yaponiyalik tomoshabinlar sonini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilsa, qo‘shimcha iqtisodiy yo‘qotishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 mart kuni Tokio Olimpiadasi chet ellik muxlislarsiz o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilindi.
Live
Barchasi