Xorijiy valyutalar o‘zbek so‘miga nisbatan qadrsizlandi
Jamiyat
−
21 iyul 2022 25158 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 22 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,15 so‘mga pasayib, 10 899,85 so‘mni tashkil qildi.
Yevro ham so‘mga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, 1 yevro 84,65 so‘mga arzonlab, 11 098,23 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi 10,87 so‘mga pasayib, 187,73 so‘mni tashkil etdi.
Live
Barchasi