Xorijiy valyutalar o‘zbek so‘miga nisbatan qadrsizlandi
Jamiyat
−
26 iyul 2022
18378O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 27 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 6,89 so‘mga pasayib, 10 960,17 so‘mni tashkil qildi.
Yevro ham so‘mga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, 1 yevro 80,49 so‘mga arzonlab, 11 153,07 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi 1,41 so‘mga pasayib, 187,43 so‘mni tashkil etdi.