Xorijiy valyutalar so‘mga nisbatan qadrsizlandi
Jamiyat
−
03 avgust 2022
10736O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 4 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,54 so‘mga pasayib, 10 942,58 so‘mni tashkil qildi.
Yevro ham so‘mga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, 1 yevro 74,86 so‘mga arzonlashib, 11 146,11 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi 1,42 so‘mga pasayib, 180,87 so‘mni tashkil etdi.
LiveBarchasi