Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining 2 mansabdori ishdan olindi

3-sahifa

image

Vazirlar mahkamasining tegishli qarori bilan mahkama huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktorining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar berdi.

Sanjar Omonxo‘jayevich Obidov Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi, shuningdek, unga agentlik direktori vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgani ham bekor qilindi.

Bundan tashqari, Azimjon Nozimjonovich Husanov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishi haqida 2021 yil 6 may kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing