Xorijiy mamlakatlarda birinchi marta “O‘zbekiston yoshlari forumi” bo‘lib o‘tadi

Biznes

image

“O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” nafaqat yurtimiz, balki xorijdagi yoshlarimizni ham qamrab olishni maqsad qilgan. Forum doirasida Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH hamda Rossiya Federatsiyasida ayni paytda tahsil olayotgan, shuningdek, mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlar uchun turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, taqdimotlar, bayram tadbirlari uyushtirishni rejalashtirgan.

Vatandosh yoshlarni o‘zaro birlashgan holda, xorijiy tajriba samarasida ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa masalalarni o‘zaro muhokama qilishadi va yakunda O‘zbekiston rivoji uchun amaliy takliflar ishlab chiqiladi. 
Jumladan, 18 dekabr kuni Janubiy Koreyada magistratura va doktoranturada tahsil olayotgan yosh tadqiqotchilar ilm-fan hamda texnologiyalar sohasida g‘oyalarini ommalashtirishga qaratilgan ilmiy ishlar taqdimoti o‘tkaziladi. Uch yo‘nalishni o‘z ichiga qamrab olgan taqdimotlar quyidagi sho‘’balarga bo‘linadi: 

– aniq fanlar (axborot texnologiyalari va muhandislik);
– gumanitar fanlar (biznes, iqtisodiyot va turizm);
– ta’lim va tibbiyot.

Taqdimotda o‘z ilmiy izlanishlari bilan qatnashashishni istagan yoshlar 12 dekabrga qadar ushbu havola orqali ariza to‘ldirishlari talab etiladi. Eslatib o‘tamiz, eng yaxshi ilmiy ish taqdimotchisi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Forum ishtirokchilariga qulaylik yaratish maqsadida tadqiqotchilarning barcha transport xarajatlari  qoplab beriladi.

Shu kuni, ya’ni 18 dekabrda Turkiyaning Istanbul shahrida “O‘zbekiston yoshlari forumi — Turkiya” yoshlar anjumani o‘tkaziladi. Anjuman quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boradi:

– Uchinchi Renessans (ijtimoiy-iqtisodiy);
– New Media (OAVning yangi yo‘nalishlari);
– Kelajak liderlari (boshqaruv);
– Ijodiy (kitobxonlik va san’at).

Turkiyada tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarimizdan anjumanda ishtirok etish uchun 12 dekabrga qadar ariza yuborishlari so‘raladi.
Ilmiy izlanishdagi yoshlarni bir nuqtaga jamlashni va o‘zaro fikr-mulohaza almashini maqsad qilgan anjumanda eng eng yaxshi ilmiy ish muallifi hamda taqdimotchisi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Shuningdek, Forum ishtirokchilarining barcha transport xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

18 dekabr kuni Buyuk Britaniyadagi yosh vatandoshlarimiz uchun London shahrida “O‘zbekiston yoshlari forumi — Buyuk Britaniya” tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda turli mavzularda muzokaralar, davra suhbatlari, motivatsion uchashuvlar, viktorinalar, “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa tadbir bo‘lib o‘tadi. Forum doirasida g‘oliblari Edinburg va Kardiff shaharlariga sayohat qilish imkoniyatia ea bo‘ladilar. Forum doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishni istagan yoshlar 12 dekabrga qadar havola orqali o‘tib, ariza qoldirishlari lozim.

24 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasida ta’lim va mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlar uchun Moskva shahrida Forum doirasida madaniy-ko‘ngilochar dasturlar hozirlangan. Tadbir doirasida viktorinalar, qiziqarli uchrashuvlar, ilm-fan va texnologiyaga oid muhokamalar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021” kubogi o‘tkaziladi. Forum doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishni istagan yoshlar 12 dekabrga qadar havola orqali o‘tib, ariza qoldirishlari lozim.

Forumda faol ishtirok etgan yoshlar qimmatbaho sovg‘a    lar bilan taqdirlanadilar.

24 dekabr kuni ZOOM platformasi orqali “O‘zbekiston yoshlar forumi — Germaniya” muloqotlari tashkil etiladi. Muloqotlar davomida bir-biridan qiziqarli loyihalar taqdimoti, tanlovlar, aksiyalar o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Onlayn tadbirlarda ishtirok etish uchun kerakli havolaga (Germaniya:) ulaning. Faol taqdimotchilar suhbat so‘ngida taqdirlanadilar Ishtirok uchun pochtaga arizalar yuboring.

25 dekabr kuni Vashington shahrida “Yangi O‘zbekiston -yangi g‘oyalar” shiori ostida “O‘zbekiston yoshlari forumi — AQSH” tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Forum doirasida turli mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar, ko‘ngilochar dasturlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi  ko‘zda tutilgan. 
Masofa va chegara hech bir o‘zbekistonlik yoshni ayirmaydi. “Yangi O‘zbekiston — yangi g‘oyalar” shiori ostida o‘tadigan Yoshlar forumida yoshlarni faollikka chorlaymiz. Bu siz uchun yana bir imkoniyat – iqtidoringizni, salohiyatingizni namoyon etib, g‘oyangiz bilan Vatan ravnaqiga hissa qo‘shing.

Yoshlar ishlari agentligi 
Matbuot xizmati
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing