Endi xorijga qariyb 7 ming dollarni deklaratsiyasiz olib chiqib ketish mumkin
Bu qiziq
−
11 avgust 2020
6152Xorijga olib chiqib ketish mumkin bo‘lgan naqd valyuta miqdori oshadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilandi.
Endilikda jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 mln so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan O‘zbekiston naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi (bugungi valyuta kursi bilan 6 800 AQSH dollari) uchun deklaratsiya to‘ldirish talab etilmaydi (amalda 2 ming AQSH dollari).
Shuningdek, 100 mln so‘mga teng yoki undan oshmaydigan naqd valyuta (bugungi valyuta kursi bilan 9 750 AQSH dollari)ni O‘zbekistondan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga amal qilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi (amalda 5 ming AQSH dollari).
Qaror 2020 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi.
LiveBarchasi