Xorijdan o‘qishni ko‘chirish imtihonlari kuni aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

Talabalarning xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yilning 23-25 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMdan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat OTMga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-25 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etiladi. Bunda test sinovlari:

•  birinchi smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
•  ikkinchi smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 20 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i hamda ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun mutaxassislik fanlarida 3,15 balldan, majburiy fanlarda 2,1 balldan beriladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan olinadi.

“Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi”, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing