Xorijdan o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan talabalar ro‘yxati tasdiqlandi (ro‘yxat)

Olam

image

Ukraina bilan chegaradosh 8 ta hududdan o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Ukraina bilan chegaradosh bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi (Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar) hududlaridagi, shuningdek Qrim va Sevastopoldagi oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishi ruxsat etilgan bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi. (ilova)

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishi so‘ralgan.

“Belgilangan tartibda my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan, ammo ushbu tasdiqlangan ro‘yxatda ism sharifi keltirilmagan fuqarolar bo‘yicha tegishli tashkilot xulosasi kutilmoqda. Natijasi yuzasidan yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing