Xorijdan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga sotishga ruxsat beriladi
Jamiyat
−
09 iyul 2021
3883O‘zbekistonda xorijdan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi. Bu haqda “Bojxona ma’muriyatchiligi va tartib-taomillarini yanada soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 avgustdan:
bojxona rejimi talabida xorijiy buyurtmachi mavjud bo‘lmagan hollarda ham qayta ishlash operatsiyalariga ruxsat beriladi;
tadbirkorga chetdan xomashyo sotib olib, ularni respublika hududida bojxona to‘lovlari to‘lamagan holda qayta ishlagandan so‘ng istalgan xorijiy hamkoriga sotish imkonini beradigan olib chiqish, olib kirish, sotish va sotib olish bo‘yicha yangi turdagi tashqi savdo kontraktlari amaliyotga kiritiladi;
mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarga xorijiy davlatdan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi;
olib kirish kontraktini olib chiqish kontrakti bilan, shuningdek, sotib olish kontraktini sotish kontrakti bilan o‘zaro bog‘liq holda monitoring qilish tartibi joriy qilinadi.
Qaror bilan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, tashqi savdo kontraktlari va invoyslarda to‘lov valyutasi tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga asosan belgilanishi ko‘rsatildi (ilgari xorijiy valyutada edi).
Shuningdek, tashqi savdo operatsiyalarini ifoda etadigan 2 ta raqamdan iborat:
- 16 – olib kirish kontrakti;
- 17 – olib chiqish kontrakti;
- 18 – sotib olish kontrakti;
- 19 – sotish kontraktlari qo‘shildi.
LiveBarchasi