Xorijdan kelgan 110 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
08 iyul 2020
103158 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 110 nafarga ortib, 11092 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida aniqlangan.
Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 158 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Navoiy viloyatida 20 nafar, Surxondaryo viloyatida 14 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, jami 249 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib O‘zbekistonda 7060 (+249) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (63 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3987 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi