Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun qancha davlatda saylov uchastkasi ochilishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun 49 ta davlatda statsionar va ko‘chma saylov punktlari tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi  Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari mavjud bo‘lgan 38 ta davlatda 54 ta (O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi va BMTdagi vakolatxonasida birgalikdagi) statsionar saylov uchastkalari tashkil etiladi.

Shuningdek, ushbu davlatlarning 128 ta shahrida va diplomatik vakolatxonalar mavjud bo‘lmagan 11 davlatda 316 ta ko‘chma saylov punkti tayyorlanishi reja qilingan.

Ta’kidlanishicha, dipkorpuslar ma’lumotlari asosida chet eldagi saylovchilarning birlamchi ro‘yxati shakllantirilgan. Biroq, aniq raqam keltirilmagan.

Bundan tashqari, xorijdagi 151 o‘zbek diasporal tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing