Xorazmdagi hibsxonada mahbuslarga iste’molga yaroqsiz suv berilyaptimi? So‘z ombudsmanga

Jamiyat

image

Xorazmdagi hibsxonada mahbuslarga 8 soat davomida elektr energiyasidan foydalanish taqiqlangani va bu vaqtda ular qaynatilmagan suv ichishga majbur bo‘layotgani aniqlandi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Olloyorovga Urganch shahridagi 11-son tergov hibsxonasidagi mahbuslardan murojaat kelib tushgan. Murojaatda mahbuslarga berilayotgan ichimlik suvining iste’molga yaroqsizligi aytilgan.

Unga ko‘ra, joriy yilning 12 may kuni mintaqaviy vakil viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi mas’ul xodimi bilan birgalikda murojaatni joyiga chiqib o‘rgangan. 

Aniqlanishicha, 11-son tergov hibsxonasi kameralarida soat 22:00 dan ertalabki 6:00 ga qadar elektr energiyasidan foydalanish taqiqlangan. Mana shu vaqtlarda muassasada saqlanayotgan mahbuslarning suv ichishga ehtiyoji bo‘lganda qaynatilmagan suv ichishga majbur bo‘lgan.

O‘rganish jarayonida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan suvning sifati tekshirilib, mahbuslarga suvni faqat qaynatilgan holatda iste’mol qilinishi tavsiya etilgan.

Monitoring jarayonida har bir kamerada suvni qaynatish jihozlari mavjud ekanligi aniqlandi va mahbuslarga soat 22:00 ga qadar kerakli miqdorda qaynatilgan suvni zaxiralashi kerakligi tushuntirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing