Xorazmda yetakchi inspektor pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
04 fevral 2022
12795Xorazmda viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi yetakchi inspektori pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada viloyatning qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi yetakchi inspektori R.R., fuqaro R.ning Xonqa tumani, Qirqyop qishlog‘idagi binosini foydalanishga qabul qilish haqidagi murojaati inspeksiya tomonidan ko‘rib chiqilib, ob’ektni qabul qilish rad qilingan bo‘lsada, R.R. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning tanishi F.ga go‘yoki ushbu murojaatni ijobiy hal qilib berishini va’da qilib, evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi