Xorazmda yaroqsiz alkogol sotayotganlar ushlandi
Jamiyat
−
19 fevral 2021
3750Xorazm viloyatida iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarining muomalasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.R. “QARATAW” yozuvli 0.45 litr sig‘imli 2400 shisha alkogol mahsulotini hech qanday hujjatsiz qonunga xilof ravishda fuqaroga 34 mln so‘mga hisoblab, jami 3 300 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Shuningdek, ekspertiza xulosasida, ushbu alkogol mahsuloti iste’molga yaroqsizligi, davlat standarti hamda iste’molchilar hayoti va sog‘ligi talablariga javob bermasligi qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi