Xorazmda o‘ndan ortiq hokim jazolandi

Jamiyat

image

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov 12 ta tuman va shaharlar hokimini jazoladi. Viloyat rahbarining tegishli farmoyishi e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, ish faoliyati davomida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi hamda o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshib, jiddiy  kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun:

1. Xorazm viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bahrom Sharipovich Qurbonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-bandiga asosan, o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi;.

2. Urganch shahar hokimi Oybek Madaminovich Xolboyevga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-bandiga asosan, o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi;.

3. Xiva shahar hokimi Temur Ismoilovich Davletovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “xayfsan” intizomiy jazo chorasi;.

4. Bog‘ot tumani hokimi Shavkat Qurambayevich Yaxshiboyevga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “xayfsan” intizomiy jazo chorasi;

5. Gurlan tumani hokimi Murodjon Azamatovich Achilovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “xayfsan” intizomiy jazo chorasi;

6. Qo‘shko‘pir tumani hokimi Jo‘rabek Rahimovich Rahimovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “xayfsan” intizomiy jazo chorasi;

7. Urganch tumani hokimi Frunze Ilxomovich Sharipovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “xayfsan” intizomiy jazo chorasi;

8. Hazorasp tumani hokimi O‘ktam Rustamovich Masharipovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “xayfsan” intizomiy jazo chorasi;

9. Xonqa tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Murodbek Saparboyevich Davlatovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “xayfsan” intizomiy jazo chorasi;

10. Xiva tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Xurmat Rahimberganovich Matrasulovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “xayfsan” intizomiy jazo chorasi;

11. Shovot tumani hokimi Xakimjon Axmadjonovich Otaxanovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-bandiga asosan, o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi;

12. Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Anvar Kenjayevich Davletovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-bandiga asosan, o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi;

13. Yangibozor tumani hokimi O‘ktamboy Qo‘chqorovich Qurbonovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “xayfsan” intizomiy jazo chorasi;

14. Tuproqqal’a tumani hokimi Alisher Ro‘zmetovich Salayevga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-bandiga asosan, o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing