Xorazmda tanishini bir kecha uchun 1 mln so‘mga pullayotgan ayol ushlandi

Jamiyat

image

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida 33 yoshli ayolni 1 mln so‘m uchun bir kechaga pullayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 12 aprel kuni soat 19:00 larda Yangibozor tumani IIB TEQKG xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda 36 yoshli D.Yu. Yangibozor tumani “Yuqoribashqir” mahallasida joylashgan xonadonida 33 yoshli X.S.ni shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqarolarga bir kecha uchun 1 mln so‘m evaziga sotgan vaqtida ushlanib, undan kimyoviy ishlov berilgan 1 mln so‘m pul ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yangibozor tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan D.Yu.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1-qismi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov  harakatlari olib borilmoqda. Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1387

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing