Xorazmda piyodani urib yubormaslik uchun burilgan Damas ag‘darilib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Xorazm viloyati Urganch – Xiva yo‘lida Damas ag‘darilib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 30 iyun kuni soat 18:00 larda Xorazm viloyati Urganch – Xiva yo‘lining 13-kilometrida 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi D.K. Damas rusumli avtomobilni boshqarayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotgan piyodani urib yubormaslik uchun rul boshqaruvini burgan. Keskin burilish oqibatida avtomobil ag‘darilgan.

Oqibatda 1982 yil to‘g‘ilgan piyoda U.Q.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga ketishiga ruxsat berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing