Xorazmda valyutafurush noqonuniy savdo ustida ushlandi
3-sahifa
−
15 noyabr 2021
5469Xorazmda 3 000 AQSH dollarini noqonuniy tarzda10 700 so‘mdan hisoblab, jami 32,1 millionga so‘mga sotib olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, S.A. ismli shaxs fuqaro I.dan 3 000 AQSH dollarini 10 700 so‘mdan hisoblab, 32,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida S.A.ning yonida bo‘lgan 41 316 AQSH dollari, 17 000 Rossiya rubli va 62,7 million so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi