Xorazmda noqonuniy sun’iy ko‘l tashkil qilgan fermer aniqlandi

3-sahifa

image

Xorazmda noqonuniy ravishda sun’iy ko‘l tashkil qilgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh Prokuratura xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xorazmda fermer Bog‘ot tuman hokimining qaroriga asosan o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan fermer xo‘jaligiga 46 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratilgan jami 29,8 gektar ekin yerining 7,3 gektar sug‘oriladigan qismida noqonuniy ravishda sun’iy ko‘l tashkil qilgan.

Buning oqibatida u qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish nobudgarchiligiga yo‘l qo‘yib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1 mlrd 822 mln so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan xo‘jalik rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 197-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan. Ushbu jinoyat ish turi bo‘yicha u bazaviy hisoblash miqdorining 50-100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing